19:34 / 15.12.2025
66 318

L’Equipe Safonovning PSJdagi imkoniyatlarini yuqori baholadi


Fransiyaning L’Equipe nashri PSJ darvozaboni Matvey Safonov haqida maqola e’lon qildi. Material muallifi Xose Barroso fikricha, Safonovning parijliklar safida ketma-ket so‘nggi ikki o‘yinda maydonga tushgani uning klubdagi ambitsiyalarini yanada mustahkamladi.

Jurnalist ta’kidlashicha, hatto bosh murabbiy Luis Enrike hali ham Lyuk Shevalyeni asosiy darvozabon deb hisoblasa-da, «rossiyalik o‘ziga ishonishga haqli». Shanba kuni Shevalye isinishdan so‘ng zaxiraga o‘tirdi va PSJ darvozasi Safonovga ishonib topshirildi.

Bu fransuz darvozabonning klubga kelganidan beri ilk bor zaxirada qolishi bo‘ldi. Shevalye jarohat sabab «Renn» ustidan 5:0 hisobidagi yirik g‘alabada hamda «Atletik» Bilbao bilan 0:0 yakunlangan uchrashuvda ishtirok eta olmadi.

Dam olish kunlari jarohatdan keyin qaytgan Shevalye Safonov PSJning asosiy tarkibida ketma-ket uchinchi o‘yinini o‘tkazganini ko‘rdi. Shuningdek, Fransiyada ayrim manbalar rossiyalik OAVni Safonovni PSJga «tiqishtirish»ga urinishda aybladi.

PSJ darvozaboni, Matvey Safonov, Luis Enrike, Fransiya futboli, Xose Barroso
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing