18:50 / 14.12.2025
7 416
Dubay 2025: O‘zbekiston paralimpiya jamoasi 59 medal qo‘lga kiritdi

2025 yil 14 dekabr kuni O‘zbekiston paralimpiya suzish jamoasi Dubayda o‘tkazilgan V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi va 59 ta medal qo‘lga kiritdi. Ushbu medallardan 36 tasi oltin, 15 tasi kumush va 8 tasi bronza bo‘ldi.
O‘zbekiston Paralimpiy qo‘mitasi bergan ma'lumotga ko‘ra, musobaqalarning so‘nggi kunida sportchilarimiz 19 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medal yutib, o‘z natijalarini yanada mustahkamladi. Paralimpik suzish musobaqalari V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlari doirasida tashkil etilgan bo‘lib, Dubay shahri mezbonlik qildi.
O‘zbekiston jamoasining mazkur musobaqalardagi yutug‘i turnirning eng yuksak natijalaridan biri sifatida qayd etildi.
O'zbekiston jamoasi, Paralimpik suzish, Yoshlar Paraosiyo, Dubay shahri, Oltin medal
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay mundiali: O‘zbekiston boks bo‘yicha umumjamoaviy uchinchi o‘rinda
Hamyurtimiz Ilya Sibirsev AQSHda oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston bokschilari Nyu-Dehli finalini muvaffaqiyat bilan zabt etdi
O‘zbekiston delegatsiyasi yana besh oltinni qo‘lga kiritdi
Kikboksingchilarimiz Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi