18:40 / 06.12.2025
220 513
Iordaniya murabbiyi: Messi bilan uchrashuv alohida hodisa

Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Jamol Sellami 2026-yilgi Jahon chempionati qur'a tashlash natijalariga munosabat bildirdi. Jamoa J guruhida Argentina, Avstriya va Jazoir terma jamoalari bilan birga joy oldi.
"Guruh kuchli, lekin bizning ham imkoniyatlarimiz bor. Messi bilan uchrashuv – bu alohida hodisa, ammo Jahon chempionatida tasodiflar boʻlmaydi.
Oʻtgan turnirda Saudiya Arabistoni Argentinani magʻlub etgan edi. Futbolchilar uchun motivatsiya muhim, Argentina, Avstriya va Jazoirga qarshi oʻyinlar esa qimmatli tajriba boʻladi.
Jahon turnirlarida jamoalar oʻrtasida katta farq yoʻq, biz Iordaniya futbolini eng yaxshi tarzda namoyish etishga umid qilamiz", – dedi Sellami CNA nashriga. Iordaniya hozirda FIFA reytingida 66-oʻrinni egallab turibdi.
Jamoa oʻz tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Iordaniya Futboli, Jahon Chempionati, Jamol Sellami, J Guruh, F I F A Reytingi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iordaniya murabbiyi: Messi bilan uchrashuv alohida hodisa
JCH-2026 qur’asi oldidan O‘zbekiston tarixiy imkoniyat ostonasida turibdi
JCH-2026 qur’asi oldidan O‘zbekiston 3-savatchadan o‘rin oldi...
Argentina terma jamoasi murabbiyi Skalonining mundial qur'asiga munosabati
Jahon chempionati 2026 qurʼasi: Messi va Ronaldu kimga qarshi oʻynaydi?