
Madridning "Real" klubi himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldning jarohati jiddiy boʻlib chiqdi. Chorshanba kuni ingliz futbolchisi "Atletik Bilbao"ga qarshi oʻyinda (3:0) start tarkibda maydonga tushdi.
U 7-daqiqada Kilian Mbappening goliga assistentlik qildi, biroq 55-daqiqada jarohat sabab maydonni tark etishga majbur boʻldi. Jurnalist Xose Luis Sanchesning xabariga koʻra, 27 yoshli futbolchining jarohati juda jiddiy boʻlib, u katta ehtimol bilan yil oxirigacha maydonga tusha olmaydi.
Trent Aleksander-Arnold iyun oyida "Real"ga oʻtgan edi. Joriy mavsumda madridliklarning yangi yulduz futbolchisi 11 ta oʻyinda ishtirok etib, bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Real Klubi, Trent Aleksander- Arnold, Ingliz Futbolchisi, Jarohat Sababi, Yangi Yulduz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing