10:30 / 29.11.2025
442 304

"River Pleyt" pley-offdan chiqib ketdi


"River Pleyt" jamoasi Argentina chempionatining pley-off bosqichida ilk uchrashuvdayoq magʻlubiyatga uchrab, chempionlik uchun kurashni tark etdi. Jamoa "Rasing"ga qarshi oʻyinda 2:3 hisobida yutqazdi.

Uchrashuvning soʻnggi 15 daqiqasida "River Pleyt" 2:1 hisobida oldinda edi, biroq Martin Kesaresning avtogoli va 93-daqiqada Gaston Martirena tomonidan kiritilgan gol natijani oʻzgartirdi. Mazkur natija kutilgan edi, chunki Marselo Galyardo boshqaruvidagi klub soʻnggi vaqtlarda inqiroz holatida.

Oxirgi toʻqqiz uchrashuvdan faqat bittasida gʻalaba qozonilgan, shuningdek, jamoa Braziliyaning "Palmeyras" klubiga qarshi oʻyindan soʻng Libertadores Kubogidan ham chiqib ketgan.


River Pleyt, Argentina Chempionati, Pley Off, Marselo Galyardo, Libertadores Kubogi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing