
Bayer klubining chap qanot himoyachisi Alejandro Grimaldo Yevropaning ikki yirik klubi – Barselona va Bavariyani qiziqtirmoqda. Jurnalist Matteo Morettoning xabariga ko‘ra, nemis klubi oʻz yetakchisini Myunxen klubi safiga qoʻyib yuborishni istamaydi.
Ammo futbolchi Ispaniyaga qaytish istagini bildirsa, Bayer rahbariyati bunga qarshilik qilmasligi mumkin. Grimaldoning Bayer bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.
Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, 30 yoshli futbolchining qiymati 30 million yevroni tashkil etadi. Barselona tarbiyalanuvchisi boʻlgan Grimaldo avval ham La Ligada faoliyatini davom ettirishni xohlaganini bir necha bor taʼkidlagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing