12:38 / 20.11.2025
458 907
Ashraf Hakimi Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

PSJ jamoasining marokashlik qanot himoyachisi Ashraf Hakimi 2025 yil yakunlariga koʻra Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb eʼlon qilindi. 27 yoshli futbolchi ushbu yutuq boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi.
"Bu mukofot mening koʻp yillik mehnatimning eʼtirofi boʻldi. Jamoadoshlarim, yaqinlarim va meni qoʻllab-quvvatlagan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman.
Sizlarning ishonchingiz va yordamlaringiz meni yanada kuchliroq qiladi", - deb yozdi yulduz futbolchi oʻzining ijtimoiy tarmoqlarida. Hakimi ovoz berishda misrlik Muhammad Saloh (Liverpul) va nigeriyalik Viktor Osimxendan (Galatasaray) oʻzib ketdi.
Oʻtgan mavsumda Ashraf PSJ bilan birgalikda toʻrtta sovrinni qoʻlga kiritgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar