
Oʻz davrining mashhur futbolchilaridan biri boʻlgan Andrey Kanchelskis yaqin orada Angliyaga safar qilishi haqida maʼlum qildi. Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi 2-dekabr kuni Angliyaga yoʻl olishini va u yerda ikki hafta davomida boʻlishini maʼlum qildi.
Kanchelskisning soʻzlariga koʻra, "Everton" uni yangi stadioniga bir necha bor taklif qilgan. U jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes qoʻl ostida malaka oshiradi va "Manchester Yunayted"dagi sobiq murabbiyi Aleks Fergyuson bilan uchrashishga ham umid qilmoqda.
"Devid Moyes bilan ishlash? Ha, aytish mumkinki, men aynan shu maqsadda ketmoqdaman.
Devidning muloqotdagi soddaligi menga juda yoqadi. U "Everton"da qanday ishlayotganini oʻrganishni xohlayman", - deydi Kanchelskis Sport24 nashriga bergan intervyusida.
Ayni vaqtda "Everton" Angliya chempionati turnir jadvalida 13-oʻrinni egallab turibdi.
Andrey Kanchelskis, Rossiya Termasi, Angliya Safari, Everton Stadioni, Devid Moyes
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing