08:14 / 18.11.2025
3 890

Norvegiya muxlisasi San-Siroda zoʻravonlikka uchradi


Norvegiya terma jamoasi muxlisasi Italiya va Norvegiya oʻrtasidagi "San-Siro" stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda noxush voqeaga duch keldi. Oʻyin davomida oʻzini yomon his qilgan muxlisa hojatxonaga yoʻl oldi, biroq u yerda boshqa bir noxushlik yuz berdi.

Stadionda hojatxonalar tozaligi uchun masʼul boʻlgan xodim, qizning soʻzlariga koʻra, unga nisbatan jinoyatga teng boʻlgan harakatlar sodir etdi. Unga nisbatan Yevropaning koʻplab mamlakatlarida jinsiy zoʻravonlik deb baholanuvchi xatti-harakatlar sodir etildi.

24 yoshli jabrlanuvchi voqea haqida dugonasiga aytdi. Dugonasi esa bu holatni oʻyindagi styuardlarga xabar qildi.

Styuardlar esa ayblanuvchini topishga muvaffaq boʻlishdi. Hozirda u oʻz aybini inkor etmoqda.

Mazkur holat yuzasidan politsiya tergov ishlarini olib bormoqda, deb xabar beradi derbyderbyderby.it.
Norvegiya Jamoasi, Italiya Norvegiya, San Siro, Jinsiy Zo'ravonlik, Politsiya Tergovi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing