
Milanning "Inter" klubi hujumchisi Anj-Yoan Bonni jamoadoshlari Lautaro Martines va Markus Tyuram haqida o'z fikrlarini bildirdi. 22 yoshli futbolchi asosan argentinalik va fransiyalik hujumchilarning o'rnini to'ldiruvchi sifatida maydonga tushmoqda.
Shunga qaramay, u A Seriya doirasida 11 uchrashuvda 4 gol va 4 golli uzatmaga mualliflik qilgan holda o'zining samaradorligini namoyish qilmoqda. "Men Lautarodan uning gol urishga bo'lgan ishtiyoqini o'rganishni istardim.
"Inter" tarixida to'rtinchi eng yaxshi to'purar bo'lish va bu yoshda bunday natijaga erishish – bu ajoyib yutuq. U har doim gol urishni xohlaydi – bu gol chiroyli bo'ladimi yoki yo'q, muhim emas.
Markus haqida gapiradigan bo'lsam, u har qanday ishni bajara oladi: gol uradi, raqibni chalg'itadi, pas beradi. Ehtimol, u bilan menda ko'proq umumiylik bor, ammo biz baribir farqli o'yinchilarmiz va birgalikda o'ynashimiz mumkin.
Bundan tashqari, men Pio Espozitodan to'pni raqibdan himoya qilish mahoratini o'rganishni istardim – bu borada u tengsiz", – dedi Bonni "La Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida. 23-noyabr kuni "Inter" jamoasi "Milan"ga qarshi derbida maydonga tushadi.
Inter Klubi, Anj- Yoan Bonni, Lautaro Martines, Markus Tyuram, A Seriya
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing