10:32 / 16.11.2025
2 986

O‘zbekiston U-17 : Xorvatiyaga qarshi o‘yin uchun Sofascore baholari...

Jahon chempionati nimchorak finali yo‘lida kechgan O‘zbekiston U-17 — Xorvatiya to‘qnashuvi muxlislarga nafaslarini ichga yutgan holda 90 daqiqa kuzatgan dramatik o‘yin bo‘ldi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida tugagan bellashuvda o‘smirlarimiz ruh, matonat va jasoratni namoyon etib, penaltilar seriyasida 4:3 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bu yutish — yoshlarimizning xarakterini, bosimda qanday mustahkam turishini yana bir bor isbotladi.

Mashhur Sofascore nashri o‘yindan keyin futbolchilarga qo‘ygan baholarini e’lon qildi. Ushbu reytinglar jamoamizning qaysi bo‘g‘ini qanchalik yuqori darajada harakat qilganini yaqqol ko‘rsatib berdi.

Darvoza — Ibrohim Shokirov: 8.0 (O‘yin qaxramoni)

O‘z vaqtidagi jiddiy seyvlar va xatarli zarbalarga javob qaytarishi uni kechaning eng muhim figurasiga aylantirdi. Shokirov ushbu g‘alabaga eng katta hissa qo‘shgan futbolchilardan biri bo‘ldi.

Himoya chizig‘i: barqarorlik va fidoyilik

  • Mo‘minxon Baxodirxonov (sardor) — 6.8

Jamoa tayanchi sifatida yanada barqaror o‘yin ko‘rsatdi. Bosimli holatlarda ham xato qilmadi.

  • Muhammadali Musaxanov — 6.3

Bir necha xatari bor epizodlarda o‘zini yo‘qotmay, himoyada ishonchli turdi.

  • Muhammad Xakimov — 5.4

Undan kutilgan darajadagi o‘yin bo‘lmadi. Biroz o‘yin ritmini yo‘qotgan vaziyatlari kuzatildi.

  • Aziz Anvarov — 7.2

Chiziqdagi harakatlari va o‘tkir yugurishlari bilan jamoaga katta yordam berdi.

Yarim himoya: jang, bosim va mas’uliyat

  • Azizbek Abdumo‘minov — 6.5

Markazda katta hajmda ish qildi. To‘pni o‘yinga kiritish va bosimdan chiqishda muhim rol o‘ynadi.

  • Azizbek Erimbetov — 6.3

Raqib bosimi ostida ham jamoa ritmini ushlab turishga harakat qildi.

  • Sadriddin Hasanov — 7.5

O‘yindagi eng foydali o‘yinchilardan biri. Hujumda ham, qaytib himoyada ham ichki kuchini ayamagan holda ishladi.

  • Sayfiddin Sodiqov — 7.1

Qanotda yuqori tezlik, raqib uchun doimiy xavf. Uning harakatlari jamoaga katta dinamika berdi.

Hujum chizig‘i: tezlik va jasorat

  • Nurbek Sarsenbayev — 6.4

Hujum markazida faol bo‘ldi, raqib himoyasini charchotdi. 60-daqiqada almashtirildi.

  • Abubakir Shukurullayev — 6.5

Faol harakat qildi, biroq ba’zi vaziyatlarda aniqlik yetishmadi.

Zaxiradan tushganlar: o‘yin taqdirini o‘zgartirishdi

  • Asilbek Aliyev — 6.4

Jamoaga faollik olib kirdi.

  • Muhammad Xabibullayev — 6.7

Markazdagi bosimni yengillashtirdi.

  • Behruz Saidmurodov — 7.4

Juda foydali o‘yin ko‘rsatdi. Aniq paslari va hujumni tashkil qilishdagi roli yuqori baholandi.

  • Ne’matulloh Rustamjonov — 7.2

Paytida tushirilgan va penaltilardagi roli alohida qayd etildi. Jamoaga ruhiy kuch berdi.

Xulosa

U-17 o‘smirlarimiz kechagi bahsda nafaqat texnik jihatdan, balki xarakter jihatidan ham juda kuchli ekanini isbotladi. Sofascore baholari ham ularning qaysi bo‘g‘inda qay darajada ishlaganini bo‘rttirmasdan, xolis ko‘rsatib turibdi.

Kelasi bosqichda Italiya — yana bir jiddiy raqib. Lekin o‘tgan kechadagi ruh, o‘yin siyosati va maydondagi tashabbus bizga isbot qildi: bu bolalarning qo‘lidan katta ishlar keladi.

Muxlislar esa bitta narsani xohlaydi: Afsona davom etsin!


O‘zbekiston U-17, Jahon Chempionati, Penalti Seriyasi, Sofascore Baholari, O‘yin Qahramoni
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing