11:16 / 19.12.2025
3 229

Munisa Rizayeva “Setora” guruhi konsertida kutilmagan duet ijro etdi

Mashhur xonanda Munisa Rizayeva “Setora” guruhi konsertida kutilmagan chiqish qilib, tomoshabinlarga yorqin lahzalar taqdim etdi. Bu haqda xonandaning ijtimoiy tarmoqlarda joylagan videolaridan ma’lum bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, konsert davomida Munisa Rizayeva sahnaga chiqib, “Setora” guruhi bilan “Kechir meni” nomli qo‘shiqni duet tarzida ijro etgan. Ushbu chiqish tomoshabinlar uchun haqiqiy syurpriz bo‘lib, zalda yig‘ilgan muxlislar tomonidan katta olqishlar bilan qarshi olingan.

Kutilmagan duet konsertning eng esda qolarli lahzalaridan biriga aylandi. Ijro davomida tomoshabinlar qo‘shiqni xonandalar bilan birga kuylab, sahnada yuzaga kelgan iliq muhitni yanada kuchaytirdi.

Shuningdek, Munisa Rizayevaning sahnadagi obraziga ham alohida e’tibor qaratildi. Xonanda ushbu konsert uchun klassik uslubdagi qora va oq ranglar uyg‘unligidagi libosni tanlagan. Nafis va ixcham ko‘rinish muxlislar tomonidan ijobiy baholandi.


Munisa Rizayeva, Setora guruhi, Kutilmagan duet, Konsert lahzalari, Klassik uslub
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing