16:13 / 11.12.2025
3 687

Sevinch Mo‘minova ismini kim qo‘ygani va qanday tanlanganini ma'lum qildi

Xonanda Sevinch Mo‘minova “Shirchoy” ko‘rsatuvida qiziqarli savolga duch keldi. Boshlovchi undan: “Ismingizni kim qo‘ygan va nega aynan Sevinch deb qo‘yilgan?” — deb so‘radi.

Sevinch Mo‘minova kulib turib, ismi ortidagi qiziqarli voqeani batafsil gapirib berdi:

“Ismimni onam qo‘yganlar. Ota-onam ikkita ism o‘rtasida ikkilanib qolishgan: Sevinch qo‘yaylikmi yoki Marjona bo‘ladimi, deb. Har ikkalasi ham yoqqani uchun qaysi birini tanlashni bilishmagan. Keyin nimadir yasab, ikkita tomonga ism yozishgan — bir tomoniga Sevinch, ikkinchisiga Marjona. Shundan keyin 3 marta o‘sha narsani otib ko‘rishgan. Ishonarmidingiz, har uchalasida ham Sevinch ismi chiqqan!”

Xonanda hazil aralash davom etdi:

“Shundan keyin Sevinch sevinch olib kelsin, deb ismimni Sevinch qo‘yganlar”, — deya mehr bilan hikoya qildi.

San’atkorning bu samimiy hikoyasi muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi — zero, mashhur xonandaning ismi tasodifiy emas, xuddi taqdirning o‘zi tanlagandek jarayon orqali qo‘yilgan ekan.


Sevinch Mo‘minova, Shirchoy ko‘rsatuvi, Ism tanlash, Qiziqarli voqea, Mashhur xonanda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing