14:06 / 24.11.2025
436 484

“Zita va Gita” yulduzi Dharmendra 89 yoshida vafot etdi

Hind kinosining tirik afsonasi, millionlab tomoshabinlarning sevimli aktyori Dharmendra 89 yoshida vafot etdi. Aktyor bir necha kundan beri Mumbay shahridagi kasalxonada davolanayotgan edi.

Dharmendra o‘zining uzoq yillik ijodi davomida yuzlab hind filmlarida rol ijro etgan. O‘zbekiston tomoshabinlariga u “Zita va Gita” hamda “Ali bobo va qirq qaroqchi” filmlari orqali yaxshi tanish. Bu obrazlar orqali u nafaqat Hindistonda, balki butun Osiyoda mashhurlikka erishgan.

Dharmendra Hindiston kino tarixida o‘ziga xos iz qoldirgan aktyor bo‘lib, u Bollivud yulduzi Hema Malinining turmush o‘rtog‘i edi. Uning vafoti nafaqat hind, balki o‘zbek kino ixlosmandlari uchun ham katta yo‘qotish bo‘ldi.


Hind Kino, Dharmendra Aktyor, Zita Gita, Ali Bobo, Bollivud Tarixi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing