17:54 / 22.12.2025
3 126

Toshkent viloyatida FVB xodimi uyidan o‘lik holda topildi

Toshkent viloyatida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha profilaktika inspektori xizmat vazifasidan tashqari paytda halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri Uchtepa tumani FVB profilaktika inspektori, katta leytenant Xamidullayev Xudoyor Baxtiyor o‘g‘li 2025-yil 25 noyabr kunidan navbatdagi xizmat ta’tilida bo‘lgan. Joriy yil 21-dekabr kuni soat 15:00 atrofida u Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent MFY, Sebzor ko‘chasida joylashgan dala hovlisida osilgan holatda topilgan.

Marhumning o‘lim sabablariga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Chirchiq harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Rasmiy idoralar tomonidan qo‘shimcha ma’lumotlar tekshiruv natijalariga ko‘ra berilishi qayd etilgan.


Toshkent viloyati, Favqulodda vaziyatlar, Xizmat vazifasi, Sud-tibbiy ekspertiza, Chirchiq harbiy prokuraturasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing