15:39 / 04.12.2025
375 601

O‘zbekiston va Boshqirdiston hamkorlikni kuchaytiradi


Boshqirdiston va O‘zbekiston savdo va iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi. Ushbu hujjat 3 dekabr kuni Toshkent shahrida imzolanganini RBK xabar bermoqda.

Hujjatga O‘zbekiston tomonidan bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, Boshqirdiston tomonidan esa Boshqirdiston rahbari Radik Xabirov imzo chekdi. Turizm, ta'lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

"Har bir band bo‘yicha aniq tadbirlar, muddatlar va mas'ullar belgilangan. Ushbu hujjat bizning aloqalarimizni mustahkamlashga xizmat qiladi va hamkorlikni yanada samarali qiladi", — dedi Xabirov.

O‘zbekiston Ufa shahrining asosiy savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. O‘tgan yilda ikki tomonlama savdo hajmi 198 million dollarga yetdi va yillik o‘sish sur'ati deyarli 17 foizni tashkil qildi.

Toshkent va Ufa o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar ham rivojlanmoqda. Joriy yil bahorida tomonlar umumiy qiymati 2,8 milliard rubl yoki 36,3 million dollarga teng bitimlarni imzolashgan.

Eng yirik loyihalardan biri — Ufa shahrida biznes markaz qurilishi hisoblanadi.


Boshqirdiston Savdosi, O‘zbekiston Iqtisodiyoti, Toshkent Shahrida, Turizm Hamkorligi, Ufa Biznesmarkazi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing