Mashhur xonanda Gullu o‘limida qizi ayblanib qo‘lga olindi

Turkiyalik tanilgan xonanda Gul Tutning fojeaviy o‘limi yuzasidan olib borilayotgan tergov yangi burilish oldi: uning qizi Tug‘yan Ulkem Gulter “qasddan odam o‘ldirish” ayblovi bilan hibsga olindi. Bu haqda “Akdeniz Gercek” nashri ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Gullu taxallusi bilan tinilgan san’atkor Yalova viloyatining Chinarjik tumanidagi uyi balkonidan noma’lum sharoitda yiqilib, hayotdan ko‘z yumgan edi. Tergov jarayonida Gulter bilan birga voqea kuni xonada bo‘lgan uning do‘sti Sultan Nur o‘g‘li ham so‘roq qilingan.
Prokuratura oldida bergan ko‘rsatmalaridan so‘ng, Gulterga rasmiy ayb e’lon qilindi va u hibsga olindi. Sultan Nur o‘g‘li esa uy qamog‘iga yuborildi. Ilgari ushlangan yana uch kishi prokuraturadagi so‘roqdan so‘ng ozod qilingan.
Tibbiy ko‘rik uchun shifoxonaga olib borilgan Gulter, binoda uni kutayotgan norozilar guruhi sabab tezlik bilan Adliyaga yetkazilgan. Yalova sud saroyi oldida to‘planganlar uning manziliga qarshi shiorlar aytib, norozilik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, xonanda Gul Tut 26 sentyabr kuni 6 qavatli uy terrasasidagi derazadan yiqilib, halok bo‘lgan. Marosim Istanbulda o‘tkazilgan.
Gul Tut, Tug‘yan Ulkem, Yalova viloyati, Istanbul marosimi, Qasddan o‘ldirish