14:42 / 13.11.2025
20 412
Insayd: iPhone 18 Pro Max tarixdagi eng og‘ir iPhone bo‘ladi

Tarmoqda iPhone 18 Pro va Pro Max haqida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi - Instant Digital insayderining yozishicha, Apple'ning yangi flagmanlari avvalgilaridan sezilarli darajada qalinroq va og‘irroq bo‘ladi.
Instant Digital ma’lumotlariga ko‘ra, iPhone 18 Pro Max 240 grammdan og‘irroq bo‘ladi. Taqqoslash uchun:
- iPhone 17 Pro Max - 233 gramm,
- iPhone 16 Pro Max - 227 gramm.
Ayni paytda tarixdagi eng og‘ir iPhone iPhone 14 Pro Max bo‘lib qolmoqda - uning og‘irligi 240 gramm.
Insayder smartfonning qalinligi haqida batafsil ma’lumot bermagan, biroq iPhone 18 Pro Max qalinroq bo‘lishi kerak. iPhone 17 Pro Max qalinligi -8,75 mm. Tarmoqdagilar smartfonning og‘irligi va qalinligi ortishi hisobiga katta sig‘imli akkumulatorga ega bo‘lishi kutilmoqda.
i Phone 18
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar