16:57 / 12.11.2025
31 564
Toshkentda chiqindi mashinalariga GPS nazorat joriy qilindi

Toshkent hokimligi va Transport vazirligi Tozapoytaxt.uz veb-saytini ishga tushirdi. Ushbu platforma orqali poytaxt aholisi chiqindi tashish mashinalarining harakatini GPS tizimi yordamida real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, chiqindilarni boshqarish bo‘yicha fuqarolar murojaatlari va shikoyatlarini markazlashtirilgan tartibda xalqnazorati.uz platformasi orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yangiliklar chiqindilarni boshqarish tizimining shaffofligi, qulayligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan.
2026-yil 1-yanvardan boshlab bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Fuqarolar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni baholash mexanizmi joriy etiladi, shuningdek, mahallalarni chiqindi konteynerlari bilan ta’minlash bo‘yicha ikki yillik dastur e’lon qilinadi.
Toshkent Hokimligi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Davlat xaridlari endilikda ikki bosqichda o‘tkaziladi
O'zbekistonda shifokorlar uchun yangi ish haftasi va imtiyozlar
O‘zbekistonda yangi oydan nimalar o‘zgaradi?
Chiqindidan qarzdorlik uchun elektr energiyasidan uzib qo‘yish qonunda mustahkamlanmoqda
O‘zbekistonda “Temiryo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun imzolandi