
1990 yilning 13 noyabr kuni britaniyalik olim Tim Berners-Li dunyodagi ilk veb-sahifani ishga tushiradi. Sahifaga World Wide Web (www) internet tarmog‘ining qanday ishlashi borasidagi matn kiritilgan edi. Qizig‘i shundaki, internet prototipi yaratish uchun tadqiqotchi Stiv Jobs Apple’ni tark etgandan keyin yaratgan NeXT kompyuteridan foydalangan.
Tim Berners-Li haqli ravishda internetning kashfiyotchisi hisoblanadi. Evropaning yadroviy tadqiqotlarga ixtisoslashgan tashkilotida ishlash vaqtida olim “xalqaro o‘rgimchak to‘ri/tarmoq” (Web) tushunchasi taklif qilgan edi va oradan biroz muddat o‘tgach u ayni vaqtda zamonaviy internet asosi sanalgan gipermatnlardan foydalanish usulini ixtiro qiladi.

Avvaliga Tim Berners-Li ilmiy laboratoriyalar uchun ichki ma’lumotlardan foydalanishga imkoniyat beradigan ilovalarni ishlab chiqadi, u yaratgan Enquire dasturi esa tashkilot ichida ilmiy materiallarni almashishga mo‘ljallangan edi. Olim buning uchun TCP IP texnologiyasini qo‘llagan.
Internet
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qorong‘u g‘ordan dunyodagi eng katta to‘r topildi
Bugun, 25-dekabr Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri Mustafo Cho’qayning tavallud topgan kuni
“Apple” yangi smartfonini chiqardi. Uning narxi atigi 600 AQSH dollari
Xitoylik olimlardan qarishni to‘xtatish formulasi: endi 150 yoshgacha yashash mumkin
Qaysi davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin?