14:01 / 10.11.2025
75 658

iPhone’larda sun’iy yo‘ldosh orqali xabar yuborish imkoniyati paydo bo‘ladi

 


Bloomberg xabariga ko‘ra, Apple yaqin yillarda iPhone qurilmalarida sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa funksiyalarini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu esa mobil aloqa yoki Wi-Fi bo‘lmagan hududlarda ham iPhone’dan foydalanish imkonini beradi.


Yangi tizim yordamida foydalanuvchilar aloqa tarmog‘i bo‘lmasa ham xaritalardan navigatsiya qilish, matnli va rasmli xabarlar yuborish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, aloqa binolar ichida ham barqaror ishlashi uchun qo‘shimcha texnologik yechimlar joriy etilmoqda.


Kompaniya kelgusi iPhone modellari uchun 5G NTN (Non-Terrestrial Network) texnologiyasini tatbiq etadi. Bu usul mobil operatorlarning qamrovini sun’iy yo‘ldoshlar orqali kengaytirib, chekka, tog‘li yoki aloqa qiyin hududlarda ham barqaror signalni ta’minlaydi.


Apple, shuningdek, sun’iy yo‘ldosh aloqasi API’sini uchinchi tomon dasturchilarga ham ochadi. Bu favqulodda vaziyatlar, qutqaruv xizmatlari, ekspeditsiya va navigatsiya uchun mo‘ljallangan ilovalarni aloqa tarmog‘isiz ishlashiga yo‘l ochadi.


Kompaniya bu texnologiyani iPhone’ni global, tarmoqqa bog‘lanmagan holda ham ishlaydigan universal qurilmaga aylantirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholamoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing