Bloomberg xabariga ko‘ra, Apple hozirda arzonroq Mac noutbukini ishlab chiqish ustida ishlamoqda. Qurilma 2026-yil boshida taqdim etilishi kutilmoqda. Maqsad — Chromebook va byudjet Windows noutbuklariga raqobat yaratish hamda ko‘proq foydalanuvchilarni Apple ekotizimiga jalb qilish.
Yangi Mac oddiy foydalanuvchilar va talabalar uchun mo‘ljallanadi: internetda ishlash, hujjatlar tahriri va yengil multimedia vazifalari uchun. Shuningdek, u iPad’ning klaviaturali muqobili sifatida ham taklif etilishi mumkin.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra:
– yangicha, soddalashtirilgan dizayn bo‘ladi;
– MacBook Air’lardan arzonroq LCD displey qo‘llanadi;
– chipset — iPhone’larda ishlatiladigan A-seriya chipi asosida, lekin tezligi M1 MacBook’dan yuqoriroq bo‘lishi aytilmoqda;
– ekran hajmi 13,6 dyuymli MacBook Air’dan biroz kichik bo‘ladi.
Narx segmenti:
Apple yangi noutbukni 1000 dollardan ancha arzon narxda — taxminan 700 dollar yoki undan past bahoda sotmoqchi. Bu uni 300–600 dollarlik Chromebook va Windows noutbuklariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib qiladi.