06:49 / 21.12.2025
3 610

Andrea Ranokkiya «Inter»ning o'yinida charchoq sezildi dedi


«Milan»dan keyin «Inter» ham Italiya Superkubogini tark etdi. Milanliklar «Bolonya» bilan o'yinning asosiy vaqti durang yakunlanganidan so'ng, penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi.

«Inter»ning sobiq himoyachisi Andrea Ranokkiya uchrashuvdan so'ng jamoa biroz charchagandek ko'ringani haqida fikr bildirdi. «Nima noto'g'ri ketdi?

Rostini aytsam, bilmayman. «Inter» gol urdi, ammo keyin qandaydir charchagandek ko'rindi.

O'yin teng kechdi, «Bolonya» imkonidan yuqori natija ko'rsatdi. «Inter»da deyarli o'z o'yinini ko'rsatish uchun imkon bo'lmadi.

Vinchenso Italiano'ga hurmatim baland», — deya Ranokkiyaning so'zlarini fcinter1908.it keltirdi. Endi Italiya Superkubogi finalida «Bolonya» «Napoli»ga qarshi maydonga tushadi.

Italiya Superkubogi, Milan klubi, Inter jamoasi, Bolonya jamoasi, Andrea Ranokkiya
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing