23:55 / 14.11.2025
1 045

Riyod-2025: O‘zbekistonlik sportchilarga yangi medallar

O‘zbekiston terma jamoasi Riyodda bo‘lib o‘tayotgan Yoshlar Osiyo o‘yinlarida medallarni qo‘lga kiritishda davom etmoqda. Navbatdagi musobaqalarda Sevara Dilmurodova va Alina Hakimova sovrindorlar qatorida joy oldi.

Muaytay musobaqasida Sevara Dilmurodova bronza medalini qo‘lga kiritdi. U uchinchi o‘rin uchun bahsda Jazoyir vakilasini mag‘lubiyatga uchratib, terma jamoaga yana bir medalni taqdim etdi.

Duatlon bo‘yicha musobaqalarda esa ayollar jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Alina Hakimova yugurish va velosiped bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlab, ikkinchi o‘rinni egalladi. Ushbu natijalar asosida u kumush medal bilan taqdirlandi.


O‘zbekiston Jamoasi, Yoshlar O‘yinlari, Muaytay Musobaqasi, Kumush Medal, Bronza Medal
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing