21:44 / 14.11.2025
1 323

Parma darvozaboniga jarrohlik amaliyoti o'tkazildi


Parma jamoasi darvozaboni Dzion Sudzukiga jarrohlik amaliyoti o'tkazildi. Avvalroq ma'lum qilinganidek, futbolchi jarohat olgan va operatsiya zarur bo'lgan.

Mazkur jarrohlik Tokioda yapon shifokorlari tomonidan amalga oshirildi, ammo operatsiya davomida Parmaning rasmiy shifokori Djulio Pasta ham ishtirok etdi. Sudzukining qo'l barmogʻiga operatsiya qilingan bo'lib, bu darvozabon uchun muhim vosita hisoblanadi.

U uch-to'rt oy davomida futbol o'ynay olmaydi va kutilishicha, faqat 2026 yilning erta bahorida maydonga qaytishi mumkin. Eslatib o'tamiz, Sudzuki 2024 yildan beri Italiya klubi safida to'p surmoqda.

Hozirda Parma A Seriyasi turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.


Parma Jamoasi, Dzion Sudzuki, Jarrohlik Amaliyoti, Tokio Shifokorlari, A Seriyasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing