
Madridning "Real" klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe o'zining faoliyatidagi 400-golini nishonladi. 26 yoshli futbolchi ushbu natijaga JCH-2026 saralash bosqichidagi Ukraina terma jamoasiga qarshi o'yinda dubl qayd etib erishdi.
Mbappe bu marraga bor-yo'g'i 535 o'yinda yetdi. Bu ko'rsatkich Krishtianu Ronaldu (653 o'yin), Robert Levandovski (643 o'yin) va Garri Keyn (631 o'yin) natijalaridan yaxshiroq, biroq Lionel Messi (525 o'yin) natijasidan biroz ortda.
Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasida 2017 yilda debyut qilgan bo'lib, shu kungacha 94 o'yinda 55 ta gol urgan. Klub darajasida esa Mbappe "Monako" va "PSJ" klublarida to'p surib, so'ngra Madridga ko'chib o'tgan.
Kilian Mbappe, Fransiya Terma, Real Madrid, J C H Saralash, Futbol Statistikasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing