20:44 / 14.11.2025
1 460

Krishtianu Ronaldu FIFA qarorini kutmoqda


Krishtianu Ronaldu Irlandiya va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda qizil kartochka oldi. Hujumchi Jahon chempionati saralashining Armaniyaga qarshi qolgan o‘yinini o‘tkazib yuborishi aniq.

Endi bu ish FIFAning intizomiy qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Yahoo!

Sports xabariga ko‘ra, FIFA taxminan uch hafta ichida, ya’ni dekabr oyida qaror chiqaradi. Tashkilot vaqtga shoshilmayapti, chunki Yevropa terma jamoalari uchun navbatdagi xalqaro o‘yin oynasi yaqin emas.

Ronaldu ikki yoki uch o‘yinga diskvalifikatsiya qilinish xavfi ostida. Barchasi FIFA intizomiy qo‘mitasining uning tirsak harakatini qanday baholashiga bog‘liq.

Agar diskvalifikatsiya bir o‘yindan ortiq bo‘lsa va Portugaliya mart oyidagi pley-off bosqichisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jahon chempionatiga yo‘llanma olsa, Krishtianu 2026 yilgi mundialning boshlanishidan bir nechta o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin. Shu bilan birga, FIFA vakillari juma kuni Ronaldu ishi bo‘yicha yakuniy qaror qachon qabul qilinishini ochiqlashdan bosh tortdi.


Krishtianu Ronaldu, Portugaliya Terma, F I F A Intizomiy, Jahon Chempionati, Yevropa Jamoalari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing