20:48 / 14.11.2025
2 941

O‘zbekiston Misrga qarshi o‘yinda Shomurodov va Xusanov bilan boshlaydi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi Abu-Dabida Misrga qarshi o‘yin uchun asosiy tarkibni e’lon qildi. Ushbu bahs Hazza bin Zayd stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Fabio Kannavaro jamoani odatiy sxema asosida maydonga tushiradi va chiziqlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlab qolishga harakat qiladi. O‘yin uslubi to‘pni nazorat qilish va tezkor qanot hujumlariga asoslanadi.

O‘zbekistonning asosiy tarkibi quyidagicha: Nematov, Xusanov, Alijonov, Shukurov, Hamrobekov, G‘aniyev, O‘runov, Nasrullayev, Shomurodov (s), Abdullayev, Alikuliev. Zaxiradagi futbolchilar: Ergashov, Nazarov, Ashurmatov, Sayfiev, Eshmurodov, Mozgovoy, Turg‘unboyev, Iskandarov, Hamdamov, Erkinov, Norchaev, Sergeyev.

Shuningdek, Lazizbek Mullajonov doping sabab uch yilga diskvalifikatsiya qilingani ma’lum qilindi.
O‘zbekiston Jamoasi, Milliy Terma, Abu- Dabi O‘yini, Asosiy Tarkib, Hazza Stadion
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing