19:27 / 14.11.2025
1 239

Anchelotti Chempionlar Ligasi formati haqida fikr bildirdi


Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar Ligasining amaldagi formati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Maʼlumki, o‘tgan mavsumdan boshlab guruh bosqichi o‘rniga 36 jamoalik umumiy bosqich joriy etilgan.

"Guruh bosqichini yanada qiziqarli qilish g‘oyasi faqat qisman muvaffaqiyatli bo‘ldi: juda yaxshi o‘yinlar bor, lekin 7:0 yoki 8:1 hisobida yakunlanadigan ko‘plab boshqa o‘yinlar ham mavjud. Aytish mumkinki, bu qarama-qarshi holat: g‘oya yaxshi edi, ammo hozir, ikki yil avvalgidek, haqiqiy qiziqish faqat pley-off bosqichida boshlanadi", - dedi Anchelotti La Gazzetta dello Sport nashriga.

Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi "PSJ" hisoblanadi.


Braziliya Terma, Karlo Anchelotti, Chempionlar Ligasi, Guruh Bosqichi, Pley Off
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing