16:41 / 14.11.2025
3 488

Niderlandiya terma jamoasida yana bir yoʻqotish


Niderlandiya terma jamoasi va Milanning "Inter" klubi himoyachisi Denzel Dyumfris jamoaga chaqiruv olganidan keyin safdan chiqqan uchinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda vi.nl xabar berdi.

Futbolchining jamoa oʻyinlarida ishtirok etishi avvalroq kichik jarohati sabab shubha ostida edi, endi esa Dyumfris jamoaga yordam bera olmasligi aniq boʻldi. Jamoa bosh murabbiyi Ronald Kumanning soʻzlariga koʻra, jarohatlangan oʻyinchi oʻrniga "RB Leyptsig" klubi vakili Lyutsharel Gertroyda maydonga tushadi.

Niderlandiya 14-noyabr kuni safarda Polsha terma jamoasiga qarshi oʻynaydi. Jamoa 16 ochko bilan birinchi oʻrinda bormoqda, Polsha esa 13 ochko bilan ikkinchi oʻrinda joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing