15:09 / 14.11.2025
2 693

Vinisius: Xabi Alonso ketmasa, shartnoma yoʻq


“Real” Madrid yulduzi Vinisius Junior oʻzini alohida oʻrin tutuvchi futbolchi deb hisoblaydi. Matbuot xabarlariga koʻra, braziliyalik hujumchi klub prezidenti Florentino Peresga oʻz shartini qoʻygan.

Defensa Central nashri Peppe Kollinsning blogiga tayanib, Vinisius Peres bilan shaxsiy suhbat davomida faqat Xabi Alonso murabbiylik lavozimini tark etsa, jamoa bilan shartnomasini uzaytirishini bildirganini maʼlum qildi. Avvalroq Vinisius oʻzini “yetarlicha qadrlanmagan” deb hisoblayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Xususan, yaqinda boʻlib oʻtgan “El-Klasiko”da Xabi Alonso futbolchini almashtirishga qaror qilganida, u jamoa oldida eʼtiroz koʻrsatgani esga olinadi. Vinisiusning amaldagi shartnomasi 2027-yilning oʻrtalarigacha “Real” bilan bogʻlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing