Pirs Morgan: «Ronaldu bilan intervyu 165 million marta ko‘rildi»

Mashhur britaniyalik jurnalist va teleboshlovchi Pirs Morgan Krishtianu Ronaldu bilan o‘tkazgan intervyusi ortidan qayd etilgan ulkan ko‘rsatkichlar haqida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, futbol dunyosidagi eng katta yulduzlardan biri bilan amalga oshirilgan suhbat global auditoriyada tengsiz qiziqish uyg‘otgan.
Morganning ta’kidlashicha, 40 yoshli portugaliyalik superyulduz bilan bo‘lgan eksklyuziv intervyu barcha platformalarda jami 165 million marta tomosha qilingan. Bu — nafaqat jurnalist karerasi, balki raqamli mediamakon uchun ham juda katta natija sifatida qayd etilmoqda.
“Chindan ham hayratlanarli raqamlar… Krishtianu, bunday yurakdan chiqqan intervyu va ijtimoiy tarmoqlardagi hamkorlik uchun minnatdorman. Ko‘rib turibmizki, bu haqiqiy g‘alaba, haqiqiy ulkan muvaffaqiyat!”, — deya yozdi Morgan o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Intervyuning ommaviy sabablaridan biri — Ronaldu yoshlik davridan boshlab qilib kelayotgan o‘yinlar, shaxsiy fikrlari va sportdagi kelajagiga oid javoblari ochiq va samimiy bo‘lgani. Shuningdek, u suhbat davomida 2026 yilgi jahon chempionati uning futbol karerasidagi so‘nggi mundial bo‘lishini tilga olgani ham katta rezonans keltirdi. Bu esa millionlab muxlislar uchun Ronaldu epoxasining yakunlanishiga doir qayg‘uli, shu bilan birga muhim xabar sifatida qabul qilindi.
Intervyu videolarining bunday keng tarqalishi futbolchilarning shaxsiy fikrlari, insoniy qiyofasi va ochiq muloqotga tayyorligi jamoatchilik uchun qanchalik muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatib berdi. Pirs Morgan esa o‘z navbatida, dunyodagi eng mashhur futbolchi bilan amalga oshirilgan suhbat orqali jurnalistikadagi o‘rnini yanada mustahkamlagani shubhasiz.
Shu bilan, mazkur suhbat nafaqat ommaviy ko‘rsatkichlar, balki muhokamalar, maqolalar va millionlab reaksiyalar tufayli ham futbol tarixi sahifalarida alohida urin egallab ulgurdi. Ronaldu esa yana bir bor global sport sahnasining eng katta magniti ekanini isbotladi.
Pirs Morgan, Krishtianu Ronaldu, Futbol Tarixi, Eksklyuziv Intervyu, Jahon Chempionati