
Ekvadorlik himoyachi Vilʼyan Pacho PSJ bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi Parij klubi bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirgan. Yangi kelishuvga muvofiq, Pacho o‘z maoshini oshiradi.
Rasmiy eʼlon bir necha hafta ichida kutilmoqda. PSJ Pachoni 2024 yilda Ayntraxt klubidan sotib olgan edi.
Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 13 o‘yinda maydonga tushib, bir gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Nufuzli Transfermarkt portali maʼlumotiga ko‘ra, Pachoning transfer qiymati 65 million yevro etib baholanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar