
Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq hujumchisi Lionel Messi sharafiga haykal o'rnatish niyatida. Bu haqda "ko'k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta ma'lum qildi.
"Biz haykal loyihasini tayyorlamoqdamiz. Leo oilasi bilan maslahatlashamiz.
Agar rozilik olsak, ishni boshlaymiz. Messi "Barselona" bilan abadiy bog'langan.
Bizning eshiklarimiz unga har doim ochiq. Biz uni juda hurmat qilamiz, shu sababdan uni klub afsonalari qatorida ko'rishni xohlaymiz", – dedi Laporta.
Messi Kataloniya klubining akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "ko'k-anorranglilar"ning asosiy jamoasida 2005 yildan 2021 yilgacha o'ynagan.
Hozirda hujumchi AQShning "Inter Mayami" jamoasida to'p surmoqda.
Lionel Messi, Barselona Klubi, Joan Laporta, Haykal Loyihasi, Inter Mayami
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing