11:01 / 14.11.2025
3 091

Napoli asosiy yarim himoyachisini yoʻqotdi


Napoli jamoasi asosiy yarim himoyachisi Andre-Frank Zambo-Angissaning bir necha oy davomida maydonga tusha olmasligini eʼlon qildi. Klub matbuot xizmati xabar berishicha, futbolchi sonidan jarohat olgan.

Kamerunlik yarim himoyachi milliy terma jamoa yigʻinida jarohatga uchragan. Gazzetta dello Sport nashriga koʻra, uning toʻliq tiklanishi uchun uch-toʻrt oy vaqt talab etiladi.

Joriy mavsumda Zambo-Angissa Napoli safida 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. A Seriyaning 11-turidan soʻng jamoa 22 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi oʻrinda bormoqda.


Napoli Jamoasi, Andre Frank, Yarim Himoyachi, Milliy Terma, A Seriya
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing