11:35 / 14.11.2025
3 117

Trent: Xabi Alonso meni chalgʻitdi


Madridning "Real" klubi oʻng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold jamoada oʻz holatidan norozi. Angliyalik futbolchi Ispaniyaga koʻchib oʻtgan ilk mavsumida asosiy tarkibda kamdan-kam maydonga tushirilayotgani sababli xavotirda.

El Nacional nashrining xabariga koʻra, futbolchi bosh murabbiy Xabi Alonsoni uni birinchi uchrashuvda "doimiy ravishda asosiy tarkibda boʻlasiz" deb vaʼda berib, chalgʻitganlikda ayblamoqda. "Real" Aleksander-Arnoldni oʻtgan yilning yozida "Liverpul"dan 10 million yevroga sotib olgan edi.

Shundan beri futbolchi barcha musobaqalarda madridliklar safida 12 ta oʻyin oʻtkazib, ikkita golli uzatma amalga oshirdi.
Real Klubi, Trent Aleksander- Arnold, Angliyalik Futbolchi, Xabi Alonso, Liverpul Transferi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing