
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Fransiya va Ukraina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda (4:0) o‘zining faoliyatidagi 400-golini urdi. 26 yoshli futbolchi ushbu o‘yinda dubl muallifi bo‘ldi va ikkinchi goli uning professional darajadagi 400-goli sifatida qayd etildi.
"Bunday raqam hech kimni hayratlantirmaydi. Futbol tarixida iz qoldirishni xohlayman, buning uchun kamida yana 400 ta gol urishim kerak.
Biz bir futbolchini bilamiz, u 950 tadan oshiq gol urgan (Ronaldu), va boshqasini, deyarli 900 ta gol bilan (Messi). 400 ta gol – odamlarni lol qoldiradigan natijalar qatoriga kirish uchun yetarli emas", – dedi Mbappe o‘yindan keyingi intervyusida.
Yakshanba kuni Fransiya terma jamoasi safarda Ozarbayjonga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.
Real Madrid, Kilian Mbappe, Fransiya Ukraina, J Ch Saralash, Futbol Tarixi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing