07:37 / 14.11.2025
5 663

Kamavinga jarohati sabab Madridga qaytdi


Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga jarohati tufayli Fransiya terma jamoasini muddatidan oldin tark etdi. 23 yoshli futbolchi noyabr oyidagi o'yinlarda ishtirok eta olmaydi.

U Ukrainaning terma jamoasiga qarshi o'yinni (4:0) o'tkazib yubordi va 16-noyabr kuni Ozarbayjon bilan bo'ladigan uchrashuvga ham ulgurmaydi. Jurnalist Gilermo Rayning ma'lumotiga ko'ra, Fransiya terma jamoasi Kamavingani Madridga qaytarishga qaror qilgan.

Shunga qaramay, jarohat jiddiy emas va futbolchining tiklanishi ko'p vaqt olmaydi.
Real Madrid, Eduardo Kamavinga, Fransiya Terma, Futbol Jarohati, Noyabr O'yinlari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing