09:09 / 14.11.2025
6 659

Ronaldu 2026 yilgi Jahon chempionatining startini oʻtkazib yuborishi mumkin


Krishtianu Ronaldu Irlandiya va Portugaliya oʻrtasidagi uchrashuvda his-tuygʻularini nazorat qila olmadi. Mashhur hujumchi oʻyin davomida raqib futbolchi bilan toʻqnashuvda tirsagi bilan zarba berdi.

Natijada, VAR tizimi aralashuvi bilan Ronaldu qizil kartochka oldi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu holatning Ronaldu uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi muhokama qilinmoqda.

Aniq maʼlumki, u 16-noyabr kuni Armaniyaga qarshi boʻladigan saralash bosqichining soʻnggi uchrashuvini oʻtkazib yuboradi. Shuningdek, mashhur TheScreenshotLad sahifasida taʼkidlanishicha, toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka olgan Ronaldu kamida ikki oʻyinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Bu jarima rasmiy musobaqalarga ham taʼsir qiladi, yaʼni agar Portugaliya pley-offsiz guruhda birinchi oʻrinni saqlab qolib, toʻgʻridan-toʻgʻri Jahon chempionatiga yoʻl oladigan boʻlsa, Krishtianu turnirning dastlabki oʻyinini oʻtkazib yuborishi ehtimoli bor. FIFA intizomiy qoʻmitasining qarorini kutish kerak, chunki Ronaldu uch oʻyinlik diskvalifikatsiya olishi ham mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing