23:41 / 13.11.2025
14 893

FIFA yilning eng chiroyli goli uchun nomzodlarni ma’lum qildi


FIFA 2025-yilda topshiriladigan “Pushkash” mukofoti uchun nomzod futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu mukofot yil davomida urilgan eng chiroyli gol muallifiga beriladi va “The Best FIFA Football Awards” marosimining eng qiziqarli nominatsiyalaridan biri hisoblanadi.

Nomzodlar qatorida turli mamlakatlar klublarida to‘p surayotgan 11 futbolchi bor. Ular orasida Alerrandro (Vitória – Cruzeiro), Deiola (Cagliari – Venezia), De La Vega (Cruz Azul – Seattle Sounders), Montiel (Independiente – Independiente Rivadavia) va Nasser (Al Ahly – Pharco) singari futbolchilar bor.

Shuningdek, Orrantia (Querétaro – Atlas), Ribeiro (Mamelodi Sundowns – Borussia Dortmund), Rice (Arsenal – Real Madrid), Ridho (Persija Jakarta – Arema), Rodrigues (Kasımpaşa – Rizespor) va Yamal (Espanyol – Barcelona) ham yilning eng chiroyli goli uchun kurashadi.

FIFA “Pushkash” mukofoti 2009-yildan beri eng go‘zal gol sohibiga topshirib kelinmoqda. G‘olibni futbol muxlislari va mutaxassislar ovozlari asosida aniqlanadi. Shu bois, bu yil ham muxlislar o‘z sevimli futbolchisining ajoyib zarbasini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.


F I F A Mukofoti, Pushkash Mukofoti, Chiroyli Gollar, Futbol Muxlislari, Eng Go'zal
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing