
Fransiyaning "Lion" klubi o'zining asosiy futbolchilaridan biri bo'lgan Malik Fofanani sotishni rejalashtirmayotganini Ligue 1 Plus nashri xabar qildi. Hozirda 20 yoshli belgiyalik vinger oktyabr oyi oxirida "Strasbur"ga qarshi o'yinda tovon bo'g'imi paylarining cho'zilishi sababli jarohatdan tiklanmoqda.
Yevropaning bir qator top-klublari qiziqish bildirgan Fofananing yanvar oyida maydonga qaytishi kutilmoqda. "Fofananing yanvarda sotilishi muhokama qilinmayapti", — deydi klub bosh direktori Mixael Gerlinger.
Shu bilan birga, Gerlinger klubning moliyaviy holati yaxshi emasligini, bu esa yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida boshqa futbolchilarning sotilishi ehtimolini istisno qilmasligini qo'shimcha qildi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda "Lion" qarzlari sababli quyi ligaga tushib qolish xavfi ostida edi.
Klub UEFA va mahalliy futbol federatsiyasi oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun Rayan Sherki va Jorj Mikautadzeni sotishga majbur bo'lgan edi.
Lion Klubi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerika klublari Neymarni sotib olishdan voz kechdi
Bugun, 25-dekabr Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri Mustafo Cho’qayning tavallud topgan kuni
“Barselona” va “Real” Dayo Upamekano uchun kurash boshladi
Yurgan Klopp “Liverpul”dagi dastlabki kunlarini esladi
Zelenskiy Britaniya va Yevropa yetakchilariga ochiq murojaat qildi