13:40 / 13.11.2025
22 969

Barselona Gʻravenberxga qiziqmoqda


Liverpul yarim himoyachisi Rayan Gʻravenberx Kataloniyaning Barselona jamoasini qiziqtirmoqda. Fichajes xabariga koʻra, "koʻk-anorranglilar" 23 yoshli niderlandiyalik futbolchi uchun Liverpulga 50 million yevro taklif qilishga tayyor.

Klub rahbariyati ushbu summa muzokaralarni boshlash uchun yetarli boʻladi, deb hisoblamoqda. Barselona jamoasi hujumga oʻtkir pas berish qobiliyatiga ega tayanch yarim himoyachini izlamoqda va Gʻravenberx bu talablarga mos keladi.

Joriy mavsumda Gʻravenberx barcha musobaqalarni hisobga olganda 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Barselona ushbu transferni amalga oshirish uchun bir nechta futbolchilarni sotishga tayyor.


Liverpul Futbolchi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing