10:19 / 13.11.2025
23 433

Shirer: Voltemade "Nyukasl" uchun muammo


Oʻtmishda taniqli ingliz futbolchisi Alan Shirer Nik Voltemadening "Nyukasl" uchun oʻyinlari haqida fikr bildirdi. Mutaxassisning taʼkidlashicha, hujumchi "qargʻalar"ning oʻyin uslubiga mos kelmaydi.

"Toʻp bilan ishlashda u qanchalik yaxshi boʻlmasin, Voltemade "Nyukasl" uchun muammo tugʻdiradi, chunki u juda tez emas, pressingi yaxshi emas va hujumga faol ravishda qoʻshilmaydi", – dedi Shirer Betfairga bergan intervyusida. Voltemade ushbu yozda "Nyukasl" tarkibiga Germaniyaning "Shtutgart" klubidan qoʻshilgan edi.

Nemis hujumchisi jamoa safida 17 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. APLning 11-turidan soʻng, "Nyukasl" 12 ochko bilan turnir jadvalining 14-pogʻonasini egallab turibdi.


“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing