
Rob Edvards rasman "Vulverhempton" klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 42 yoshli mutaxassisning tayinlanishi haqida "boʻrilar" matbuot xizmati xabar berdi.
Edvardsning oxirgi ishlagan klubi "Midlsbro" edi. U bundan avval uch yil davomida "Luton Taun" jamoasini boshqargan va jamoani Angliya Premyer-ligasiga olib chiqqan.
Shuningdek, 2016 hamda 2018-2019 yillarda Edvards "Vulverhempton" tizimida ishlagan. Eslatib oʻtamiz, hozirda "boʻrilar" Angliya Premyer-ligasining asosiy autsayderi hisoblanadi.
Jamoa joriy mavsumda birorta ham gʻalaba qozona olmagan, hisobida ikki ochko, yetti ta urilgan gol va 25 ta oʻtkazib yuborilgan gol bor. 17-oʻrindan sakkiz ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rob Edvards 'Vulverhempton' bosh murabbiyi bo‘ldi
Gvardiola “Manchester Siti”ni tark etishi mumkin — muhokamalar boshlandi
Temur Kapadze milliy terma jamoa bilan qanday statistika qayd etgan?
"Atalanta" Ivan Yurich bilan xayrlashdi, jamoaga yangi murabbiy tayinlandi
Timur Kapadze Indoneziya terma jamoasini boshqarishga tayyor