17:23 / 12.11.2025
37 432

Ueyn Runi APLning eng yaxshi transferini eʼlon qildi


“Manchester Yunayted” va “Everton” klublarining sobiq hujumchisi Ueyn Runi Angliya Premer-ligasining bu mavsumdagi eng yaxshi transferini eʼlon qildi. U shveysariyalik yarim himoyachi Granit Jakaning “Sanderlend”ga o‘tishini ushbu mavsumning eng muvaffaqiyatli transferi sifatida taʼkidladi.

"Jakaning Premer-ligaga qaytganidan keyin yuqori darajada o‘ynay olishiga shubhalar bor edi. Ayniqsa, u yaqindagina elit divizionga qaytgan jamoaga qo‘shildi.

Ammo hozir bemalol uni APLning bu mavsumdagi eng yaxshi transferi deb ayta olaman. Granit ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda", – dedi Runi "Goal" nashriga.

33 yoshli shveysariyalik futbolchi Leverkuzenning "Bayer" klubidan "Sanderlend"ga 15 million yevro evaziga transfer qilingan. Yarim himoyachi "Qora mushuklar" bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Angliya Premer-ligasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing