11:08 / 12.11.2025
42 110

Barselona darvozaboni Garcianing katta orzusi


Barselona darvozaboni Joan Garcia futbol sohasidagi o‘zining asosiy maqsadi haqida gapirdi. 24 yoshli futbolchi ushbu mavsum boshidan buyon koʻk-anorranglilar sharafini himoya qilmoqda.

Bungacha u boshqa katalon klubi — Espanolda oʻynagan. Uning transferi 25 million yevroga baholangan edi.

"Men uchun Jahon chempionatida gʻalaba qozonish — erishish mumkin boʻlgan eng yuqori natija. Balki Chempionlar ligasida gʻalaba ham shu darajada boʻlsa kerak," — deydi 24 yoshli futbolchi maqsadlari haqida soʻralganda.

Joan Garcia hozircha Ispaniya terma jamoasi safida oʻyin oʻtkazmagan. U Barselona asosiy tarkibida darhol oʻrin topa olgan boʻlsa-da, jarohati sababli qisqa fursatda safdan chiqqan va hozircha toʻliq sogʻaymagan.

Joan Garcia
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing