10:08 / 12.11.2025
44 302

Benevento bosh murabbiyini isteʼfoga chiqardi


Italiya futbolida yana bir murabbiy isteʼfosi yuz berdi. “Atalanta” va “Peskara” bilan murabbiylar xayrlashganidan soʻng, yaqinda A Seriyada oʻynagan yana bir jamoa – “Benevento” ham xuddi shunday qadam tashladi.

“Benevento” Gaetano Auterini isteʼfoga chiqardi. Qiziq jihati shundaki, bu qaror jamoaning Seriya C doirasidagi “Fodja”ga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonganidan soʻng qabul qilindi.

Futbolda murabbiylar gʻalabadan keyin isteʼfoga chiqarilishi juda kam uchraydigan holat hisoblanadi. Auterining oʻrnini yoshlar jamoasi murabbiyi Antonio Floro Flores egallaydi.

U futbolchi sifatida “Sassuolo” safida ham oʻynagan va tajribali shaxs sifatida tanilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing