
Manchester Siti yarim himoyachisi Fil Foden kelajagi borasidagi qarorini qabul qildi. Jurnalist Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko‘ra, Foden klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.
Yangi mehnat shartnomasi 2030-yilning o‘rtalarigacha amal qiladi. Bu esa 25 yoshli futbolchiga qo‘shimcha uch yil davomida klubda qolish imkonini beradi.
Fil Foden "Manchester Siti" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U birinchi jamoa safida 333 ta o‘yinda maydonga tushib, 104 ta gol urgan va 64 ta samarali uzatmani amalga oshirgan.
Ayni paytda "Manchester Siti" Premer-liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Barselona” va “Real” Dayo Upamekano uchun kurash boshladi
Amerika klublari Neymarni sotib olishdan voz kechdi
Real Arda Gyulerni APLga qo'yib yubormoqchi emas
“Etihad”da katta to‘qnashuv: “Siti” va “Liverpul” o‘yini uchun asosiy tarkiblar e’lon qilindi
Milan Modrichning kelajagi yuzasidan qaror qildi