Timur Kapadze Indoneziya terma jamoasini boshqarishga tayyor
O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Kapadze Goal Media’ga bergan intervyusida, agar Indoneziya futbol assotsiatsiyasi rasmiy taklif yo‘llasa, u ushbu vazifani qabul qilishga tayyorligini aytdi.
“Hozirda men erkinman, hech bir klub bilan shartnoma tuzmaganman”, dedi Kapadze.
U, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Indoneziya muxlislaridan kelayotgan qo‘llab-quvvatlovni qadrlashini bildirdi.
“Indoneziya va uning muxlislarini yaxshi ko‘raman. Ko‘plab murojaatlar oldim. Bu men uchun juda yoqimli”, dedi u.
Hozirda Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiysiz qolgan va bu holat Kapadze uchun yangi imkoniyat yaratishi mumkin. Kapadze ilgari Indoneziyada ishlagan tajribasi borligini ta’kidlab, jamoaga foyda keltira olishini qayd etdi.