
Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq prezidenti Joan Gaspar argentinalik hujumchi Lionel Messining "ko'k-anorranglilar" safiga qaytishi ehtimoli haqida fikr bildirdi. "Hatto bilmayman, "Barselona" unga "Inter"dagidek maosh to'lay oladimi.
Men Leoga qaytishni maslahat bermasdim. Bu do'stona maslahat.
Ammo "Barselona" muxlisi nuqtai nazaridan qaraganda, bu, albatta, qiziqarli qadam bo'lardi", - dedi Gaspar AS nashriga bergan intervyusida. Ma'lumot uchun, Messi 2005 yildan 2021 yilgacha "ko'k-anorranglilar" asosiy jamoasida o'ynagan.
Hozirda uning "Inter Mayami" bilan shartnomasi 2028 yil dekabr oyining oxirigacha tuzilgan bo'lib, 38 yoshli futbolchining transfer qiymati 18 million yevroga baholanmoqda.
Barselona Klubi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar